Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222

Tadbirlar

KITOBXONLIK TARG’IBOTI – ALOHIDA E’TIBORDA

   Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yanada keng targ’ib qilish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish, chekka qishloqlarda ham aholining kitobga qiziqishini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda   
    Bu borada Prezidentimizning 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida“gi qarori muhim dasturiamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 23 aprel – Xalqaro kitob kuni munosabati bilan 1 apreldan 23 aprelga qadar O’zbekiston bo’ylab “Kitobxonlik bizni birlashtiradi!” xayriya aksiyasi e’lon qilingan edi. Aksiya doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida kitobxonlik tadbirlari yuqori saviyada o’tkazilmoqda. Korxonamizda ham “Farg’ona kitob olami” ma’rifiy savdo maskani bilan hamkorlikda “Kitobxonlik bizni birlashtiradi!” respublika aksiyasi doirasida zavod ishchi-xodimlari uchun uch kun “Biz-kitobxon oilamiz” shiori ostida kitob yarmarkasi va savdosi tashkil etildi.
    Yarmarkada yurtimiz nashriyotlari tomonidan so’nggi yillarda chop etilgan badiiy adabiyotlar, o’zbek va jahon adabiyoti, bolalar adabiyotining eng sara namunalari o’zbek va rus tillarida, maqbul narxlarda tavsiya etildi. Korxona ishchi-xodimlari kitob savdosida faol ishtirok etdilar. O’zlari va farzandlari uchun turli xildagi kitoblarni xarid qildilar. 
    Shuningdek, o’tkazilayotgan aksiyaga ko’ra, korxonamiz rahbariyati hamda ishlab chiqarish tsexlari boshliqlari turli nomdagi badiiy adabiyotlarni sotib olib, o’zlari o’qigan maktablariga sovg’a qildilar.

B.Мo’minov, 
«Farg’onaazot» AJ Yoshlar ittifoqi 
                                                                                                                           boshlang’ich tashkilot Кengashi raisi.  

 

YOSHLAR UCHUN CHET TILI KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA  

     “O’zkimyosanoat”AJ tomonidan tizimda  2019 yil davomida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish  bo’yicha chora-tadbirlarga ko’ra “Yosh ishchi-xizmatchilar chet tillarini o’rganishini ta’minlash maqsadida o’quv kurslari tashkil etish ”  vazifasi belgilangan. 
       Korxonamizda ham ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida maxsus o’quv kurslari tashkil etildi va tajribali o’qituvchilar jalb qilindi. Yoshlarni o’z kаsblarini mukammal o’rganishiga ko’maklashish, korxona ravnaqi, kelajagi va rivojiga hissa qo’shadigan yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida o’tkazilayotgan rus tili kurslarida yoshlar faol ishtirok etishmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, bugungi kunda yoshlarimiz orasida rus tilini mukammal o’rganishga bo’lgan talab juda yuqori. Qaysi sohada bo’lmasin rus tiliga bo’lgan ehtiyoj sezilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama o’qimishli, madaniyatli, zamonaviy fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet tillarining o’rni juda katta. “Til bilgan el biladi” deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Haqiqatdan ham inson qancha ko’p til bilsa imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Rus tili kurslarimizda hozirda korxonamizning bo’lim va tsexlaridan 25 nafar yosh ishchi-xizmatchilarimiz tahsil olmoqdalar. Ularga Farg’ona politexnika instituti malakali o’qituvchisi Gulmira Basharova dars o’tmoqda. O’quv kurslari haftaning seshanba va payshanba kunlari bo’lmoqda. O’quv kurslarini keyingi guruhlariga qatnashish istagida bo’lgan yoshlar bo’lim yoki tsex boshlig’ining tavsiyasiga asosan korxona Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Bir so’z bilan aytganda yoshlarga davlatimiz qolaversa korxonamiz tomonidan bo’lgan e’tibor juda katta.  Biz yoshlar esa ushbu imkoniyatlardan foydalanib o’qib, izlanib yangi marralarni zabt etsak, yurtimiz, korxonamiz rivojiga hissa qo’shsak, albatta bugunimiz tich kelajagimiz buyuk bo’ladi!

B.Мo’minov, 
«Farg’onaazot» AJ Yoshlar ittifoqi 
                                                                                                                           boshlang’ich tashkilot Кengashi raisi. 

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru