Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Yangiliklar \ Zavodimizda avtomatlashtirish sohasi mutaxassislari uchun seminar bo’lib o’tdi

Yangilik

« Back

Zavodimizda avtomatlashtirish sohasi mutaxassislari uchun seminar bo’lib o’tdi 21.12.2018 11:27

Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasi bo’yicha bugungi kunda AO «Farg‘onaazot» Respublikamizda eng yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Kimyo sanoati miqyosida esa, bizning zavod avtomatlashtirish bo’yicha tan olingan yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, zavodimizning barcha asosiy texnologik sexlari to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, shu sababli ham, korxonamizdagi mazkur soha mutaxassislarda, avtomatika tizimlarini ishlatish, ta'mirlash va texnik xizmat ko’rsatish borasida katta tajriba yig’ilgan.

Turdosh korxonalar mutaxassislariga ham ushbu tajriba bilan o’rtoqlashish, hamda, avtomatikaning zamonaviy qurilma va dasturlari imkoniyatlari haqida ularni boxabar qilish maqsadida, AO «Farg‘onaazot» hamda, “O’zkimyosanoat” mas'ul xodimlari tashabbusi bilan, joriy yilning 6-dekabr kuni korxonamizda mazkur soha mutaxassislari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirok etish uchun shu kuni “Navoiyazot”, “Maksam-Chirchiq”, “Dehqonobod kaliy”, “Qo’ng’irot soda”, “Jizzah plastmassa”, “Qo’qon superfosfat zavodi”, Navoiy tog’-kon metallurgiya kombinati singari O’zbekistonning kimyo sanoati, hamda, tog’-kon sanoati korxonalardan jami 14 nafar injener-mutaxassislar yetib kelishdi.

Seminar hamkasblar o’rtasidagi o’zaro kasbiy muloqot tarzida o’tkazildi. Dastavval, korxonamizning Ishlab chiqarish bo’yicha Direktori Raximov X.X. kirish so’zi bilan seminarni ochib berdi. So’ngra, AKT, TJA va Metrologiya boshqarmasi boshlig’i Sodiqov Z.A., hamda, Texnologik Jarayonlarni Avtomatlashtirish (ASU TP) bo’limi boshlig’i Qosimov M.M. lar tomonidan zavoddagi avtomatika tizimlarining qo’llanish tajribasi hamda, yangi joriy etilgan tizimlarning afzalliklari haqida ma'ruzalar o’qildi. Seminarda shuningdek, korxonamizning xorijiy hamkorlaridan bo’lmish “Yokogawa” kompaniyasi mutaxassislari Koromislov Ye., va Surenin D lar ham o’z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Seminar davomida, ASU TP tizimlarini joriy qilish, ishlatish, ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlarida uchraydigan masalalar, muammolarni hal qilish yo’llari, hamda, modernizatsiya loyihasini yoki texnik topshiriqlarni ishlab chiqish paytida jiddiy e'tibor qilish kerak bo’lgan muhim jihatlarga alohida urg’u berildi. Ochiq konstruktiv munozara shaklida o’tkazilgan seminar yakunida, mehmonlarni zavodimizning AK-72M va AS-72M sexlarida yaqindagina o’rnatilgan yangi Yokogawa Centum VP6 tizimi bilan tanishtirildi.

Aytish joizki, ushbu joriy etilgan avtomatlashtirish tizimi, AK-72M va AS-72M sexlarining ma'nan va jismonan eskirgan avvalgi tizimi o’rniga shunchaki yangilangan tizim ko’rinishida emas, balki, o’sha eski tizimning loyihaviy kamchilik va nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ham inobatga olgan holda joriy etildi. Shuningdek, yangi tizimda texnologik jarayonni xavfsiz boshqarish, hamda, nazorat-o’lchov asboblari va ijro mexanizmlarining ishonchliligini orttirishga qaratilgan qator yangi innovatsiyalar kiritildi. Xususan, klapan va armaturalarning kabel tizimlarida uzilish sodir bo’lganida, texnologik jarayon yolg’ondan avtomatik blokirovka asosida to’xtashini oldini oladigan sxema va dasturlar ishga tushirildi. Qolaversa, barcha o’lchov asboblari qisqa tutashuvlardan hosil bo’ladigan uchqun xavfini oldini oluvchi himoya qurilmalari bilan ta'minlandi. Bu esa, tizimning ishonchliligini orttirishi bilan birga, sanoat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishida yangi imkoniyatlar ochib berdi. Tizimning o’zi ham, jarayonni boshqaruvchi texnolog-operatorlar uchun yangi qulayliklar taqdim etdi. Xususan, analitik tahlil, hamda, jarayonni boshqarishdagi o’ta aniq nozik sozlamali regulyatorlarni sozlashda yangi tizimning afzalliklari darhol ko’zga tashlanmoqda. Umuman olganda, yangi joriy etilgan Yokogawa Centum VP6 tizimi korxonamizning zamonaviy ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish yo’lidagi yana bir muhim qadami bo’ldi.

DSC_0185 DSC_0106 копия
DSC_0099 копия DSC_0089
DSC_0078 DSC_0055

 


Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru