Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Yangiliklar \ "Farg'onaazot" AJ boshqaruv a'zolari lavozimiga nomzodlarni tanlab olish uchun ishtirok etishga taklif qiladi

Yangilik

« Back

"Farg'onaazot" AJ boshqaruv a'zolari lavozimiga nomzodlarni tanlab olish uchun ishtirok etishga taklif qiladi 05.03.2019 14:53

"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”,gi PF-4720 sonli Farmoniga muvofiq, Korxona ustavi va aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi rahbarlari va a'zolarini saylash to'g'risidagi Nizomga asosan  "Farg'onaazot" AJ boshqaruv rahbari va a'zolari uchun nomzodlarni tanlashda ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, tanlovda ishtirok etishga qiziqish bildirgan xorijiy davlat fuqarolari taklif etiladi.

Hujjatlarni qabul qilishning so'nggi muddati: 2019 yil 5-martdan 8.00dan (mahalliy vaqt bilan) 2019 yil 29-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.00ga qadar.

Tanlovning taxminiy sanasi: 2019 yil 1-2 aprel.

Tanlov o’tkazish joyi: Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222, "Farg'onaazot" AJ.

Hujjatlar bilan birga arizalarni qabul qilish 2019 yil 5-martdan 2019 yil 29-martga qadar dushanba-payshanba kunlari soat 10-00 dan 17-00 gacha (mahalliy vaqt bilan) Juma kuni soat 10.00 dan 16.00 gacha (mahalliy vaqt bilan) Farg'ona shahar, Sanoat, 222 yangi zavod binosida, ma’lumot uchun telefon (373) 241-04-00.

Muloqot uchun shaxs: aktsiyadorlar bilan korporativ aloqalar boshqarmasi rahbari – Ortiqov Zuhriddin Sharofiddinovich.

Ma’lumotlar uchun: e-mail: info@azot.uz

Internet sahifa: www.azot.uz

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2019 yil 28-mart kuni soat 17.00 (mahalliy vaqt).

  Hurmat bilan ,

«Farg'onaazot» AJ kengash raisi                                          Salijanov А.Т.


Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru