Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Matbuot markazi \ O‘zbekiston – umumiy uyimiz! DO‘STLIK VA QARDOSHLIKDA AHIL JAMOA

Matbuot markazi

« Back

O‘zbekiston – umumiy uyimiz! DO‘STLIK VA QARDOSHLIKDA AHIL JAMOA 28.11.2019 11:11

photo_2019-11-26_10-57-01

photo_2019-11-25_16-58-26

   Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda 2019 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalar haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnoma bilan chiqqan edi.

   Bu borada belgilangan asosiy vazifalar yuzasidan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida keng ko‘lamli sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Shu yilning 24 noyabr' kuni “Yo‘l xaritasi”ning sakkizinchi bandiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda “Kimyogar” madaniyat saroyida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida festival' bo‘lib o‘tdi.

   Festival' avvalida madaniyat saroyida turli millat vakillari mehnat qilib kelayotgan korxona jamoasining milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, turli millat va elatlarning qadriyat va an'analari, madaniyati, san'atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, fotosuratlar, ijodiy ishlar, ko‘chma kutubxona tadbirga o‘zgacha fayz baxsh etdi.
Samimiy va do‘stona muloqotlar davomida festival' ishtirokchilari yurtimizda diniy bag‘rikenglik, turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash sohasidagi ezgu tashabbuslarni mamnuniyat bilan e'tirof etdilar. Do‘stlik va qardoshlik an'analari mamlakatimiz xalqlarining eng katta boyligi ekanligi va uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz zarurligi ta'kidlandi.

   Bu tadbir “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatining Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi, Kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda “Nuroniy”lar kengashi hamkorigida tashkil etildi,-deydi “Kimyogar” madaniyat saroyi rahbari Veniamin Vissarionov. – Korxonadagi 35 yillik mehnat faoliyatim davomida barcha jamoadoshlar hamisha bir oila a'zolaridek qadrdonlarmiz. Ishonamanki, bunday an'analar bundan buyon ham bardavom bo‘ladi.
Ta'kidlash o‘rinliki, korxonada “O‘zbekiston - Qozog‘iston do‘stlik jamiyati” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga viloyatimizdagi koreys, nemis, tatar, slavyan, qirg‘iz singari milliy madaniy markazlar bilan ham samimiy hamkorlik izchil davom etmoqda. Bu kabi festivallar esa do‘stona hamkorlik ko‘lami va madaniy-ma'rifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.

    Yosh mutaxassis sifatida qadrdon jamoamizning bunday bayram tadbirlarida o‘zgacha kayfiyat bilan qatnashamiz,-deydi aloqa sexi xodimlari Arkadiy Li va Yuliya Rasulova. – Boisi korxonamizning iqtisodiy va eksport salohiyatini yuksaltirish, modernizasiya jarayonlarini jadallashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish singari islohotlardan kutilgan natijaga erishishda o‘zaro ahil-inoqlikning o‘rni beqiyos. Qadrdon jamoamizda ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar e'tiborga sazovordir.

   Festival' davomida katta gala konsert uyushtirilib, madaniy tadbir mobaynida korxonada mehnat qilayotgan yigirmadan ortiq millat vakillari o‘z iste'dodlarini namoyish etishdi.

   Tadbir yakunida festivalda faol ishtirok etgan turli millat vakillariga tantanali ravishda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Botir MADIYOROV,
Sherzod QORABOEV (suratlar),
“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.

 

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru