"Farg‘onaazot" Ajning oliy boshqaruv organi har yili o‘tkaziladigan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning yillik yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishi navbatdan tashqari hisoblanadi.
Aksiyadorlar-oddiy aksiyalarning egalari Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega. Har qanday aksiyador shaxsan yoki uning vakili orqali Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega. Yig‘ilish aksiyalarning 50% dan ortig‘iga birgalikda egalik qiluvchi aksiyadorlar ishtirok etgan taqdirda amal qiladi.
«O‘zkimyosanoat» Aksiyadorlik jamiyati |
49,15% ulushi |
“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” |
49,87% ulushi |
Jismoniy shaxslar |
0,98% ulushi |
Kuzatuv Kengashi "Farg‘onaazot" AJ korporativ boshqaruv tizimida uning investorlari va aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab korxona faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda muhim axamiyatga ega.
Kuzatuv Kengashining eng muhim vazifasi, korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, strategik, o‘rta muddatli va yillik rejalashtirishni aniqlash va kompaniya faoliyati natijalarini umumlashtirishdir.