Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (ammiak, karbamid, ammiakli selitra va azot kislotasi)
Loyihaning amalga oshirish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265 sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
Loyiha yillik quvvati: ammiakni - 660,0 ming tonnagacha;
karbamidni – 600,0 ming tonnagacha; ammiakli selitrasini – 700,0 ming tonnagacha hamda azot kislotasini – 560 ming tonnagacha olib chiqish;
Amalga oshirish yillari: 2021-2025 yy.
Loyihaning taxminiy qiymati: 237,0 mln.dollar.
Moliyalashtirish manbaalari: "Farg‘onaazot" AJ ustav kapitalidagi asosiy ulushini investorga sotish jarayonida investitsion majburiyat sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etib amalga oshirish belgilangan.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar: Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida "O‘zkimesanoatloyiha" AJ loyiha instituti tomonidan loyihanining Biznes-rejasini ishlab chiqildi.
Loyihaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
- Ichki daromad darajasi (IRR) - 19,6%
- 2. Daromadlilik indeksi (PI) - 1,2
- 3. Foyda/xarajat nisbati (BCR) - 1,3%
- 4. Investitsion davrni hisobga olgan holda loyihani o‘zini o‘zi qoplash muddati (PB) - 8,9 yil
Loyihaning afzalliklari:
Energoresurslar sarfini va chiqindilar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik oshirish.