Ру O`z En

“Farg‘onaazot” AJning sifat, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya iste’moli sohasidagi siyosati

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyati, mineral o‘g‘itlar va boshqa turdagi kimyo mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va energiya samaradorligini boshqarishga asoslangan.

Barqaror rivojlanish tamoyillaridan kelib chiqqan holda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining strategiyasi quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • sifat standartlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishga;
  • atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga;
  • energo resurslardan samarali foydalanish/iste’mol qilishga.

            Bizning joriy vazifalarimiz:

  • MS ISO 9001, ISO 14001 va ISO 50001 talablariga muvofiq, integratsiyalashgan boshqaruv tizimini ishlaydigan holatda ushlab turish.
  • mahsulot xajmini oshirish, ishlar natijadorligini reja asosida yaxshilash.

 

Mazkur Siyosatga muvofiq “Farg‘onaazot” AJ o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

  • qonun hujjatlari, iste’molchilar va manfaatdor shaxslar talablarini bajarilishini;
  • Siyosat va Maqsadlarni amalga oshirishda har bir xodimning ishtirokini ta’minlash, shaxsiy javobgarlikni belgilash, boshqaruvning barcha darajalarida ijrochilar uchun rollar, majburiyatlar, vakolatlarni taqsimlash;
  • xodimlarning malakasini doimo oshirib borish, mahsulotlarni ishlab chiqishda novatorlik uslullarini va xavfsiz mehnat usullarini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan xodimlarni rag‘batlantirishni;
  • xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida hokimiyat bilan hamkorlik qilish, nazorat qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishni;
  • atrof-muhit samaradorligini oshirish maqsadida energiya boshqaruv tizimini doimiy ravishda yaxshilab borish.
  • quyidagilarning qisqartirishini ta’minlash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish:

     - atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;

     - shahar kanalizatsiya tarmog‘iga oqava suvlarni oqizishni;

     - korxona faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilarini;

  • energiya samaradorligi va energiyani boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish;
  • energiya samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi, energiya samaradorligini ta’minlaydigan asbob-uskunalar va xizmatlarni xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash;
  • energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
  • integratsiyalashgan boshqaruv tizimini saqlash uchun zarur mehnat, moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning rivojlanishi va doimiy takomillashtirishga ko‘maklashish.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech