2015-2020 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar
Korxonani rivojlantirish uchun 88,2 mln. dollar miqdoridagi sarmoyalar kiritilishi lozim.
Karbamid va ammiakli selitra ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish
- Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2011 yildagi 1623-sonli qarori.
- Loyihaning qiymati – 21,26 mln. dollar
- Sarmoyaviy majburiyatlar – 11,2 mln. dollar
- Loyihaning amalga oshirilish muddati – 2015-2017 yillar
Jismoniy va ma'naviy eskirgan uskunalarni yangilash
- Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 8-fevraldagi 11-sonli bayonnomasi.
- Sarmoyaviy majburiyatlar – 67,0 mln. dollar
- Loyihaning amalga oshirilish muddati – 2016-2020 yillar
Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish
- Asos: Mahsulotni diversifikatsiyalash zaruriyati
- Loyihaning qiymati – 10,0 mln. dollar
- Sarmoyaviy majburiyatlar – 10,0 mln. dollar
- Loyihaning amalga oshirilish muddati – 2015-2020 yillar
Korxonaning kelgusi 5 yilga mo'ljallangan prognozlari "Karbamid va ammiakli selitra ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi PQ-1623-sonli "Mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi turdagi ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ustuvor chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to'g'risida» gi PQ-2458-sonli Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.