Ру O`z En

E ʼ L O N!

“ Farg‘ona azot ” aksiyadorlik jamiyati 2020 moliya-xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha tanlov.

 

Auditorlik tashkilotlari tanlov komissiyasiga ushbu hujjatda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan konvertda taklif yuborishadi.

  1. Ochiq konvertda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

a) tanlovda ishtirok etish uchun ilova qilinayotgan shaklga muvofiq tanlov arizasi:

v) tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarning malaka sertifikatlari nusxalari, auditorlik tekshiruvi ishtirokchisida xalqaro hisobchi, soliq maslahatchisi malakalari mavjudligini tasdiqlaydigan sertifikatlarning nusxalari va hokazolar;

g) auditor(auditorlar)ning auditorlarning respublika professional birlashmalari o‘quv markazlarining malaka oshirish kurslarida tahsil olganligini bo‘yicha malaka oshirganligini tasdiqlaydigan guvohnomalarning nusxalari;

d) taʼsis hujjatlarining va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;

ye) auditorlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzolikni tasdiqlovchi hujjatning rahbar imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;

l) auditorlik faoliyatini amalga oshirishda professional javobgarlik sug‘urta polisining notarial tasdiqlangan nusxasi;

m) auditorlik tashkiloti muassislari tarkibida, uning boshqaruv organlarida va auditorlari orasida aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlarida mansabga egalik qiladigan xodimlarga affillangan shaxslar mavjudligi/yo‘qligi to‘g‘risidagi axborot;

n) oxirgi 3 yil ichida sifatsiz auditorlik tekshiruvi o‘tkazganligi yoki maxfiylik tamoyilini buzganligi uchun moliyaviy hisobotning manfaatdor foydalanuvchilari tomonidan eʼtirof etilgan talabnomalar va qondirilgan daʼvolarning mavjudligi/yo‘qligi to‘g‘risidagi axborot;

o) auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyani oxirgi 3 yil ichida to‘xtatish faktlari to‘g‘risidagi axborot.

  1. Alohida yopiq konvertlarda texnik va moliyaviy takliflar to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi zarur.

  2. Texnik taklif solingan konvert ichida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

a) auditorlik xulosasining namunasi;

b) ilgari o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha yozma axborot (auditorlik hisoboti) namunasi (tashkilotning nomi va boshqa identifikatsion belgilarni ko‘rsatmagan holda);

v) auditni amalga oshirish uslubiyoti, shu jumladan uning rejasi va o‘tkazish muddati;

g) audit o‘tkazish uchun taklif etilayotgan mutaxassislarning malakasini belgilangan shakl bo‘yicha baholash. Ushbu shaklga auditorlarning – auditorlik tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan xodimlarning auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amal qilish muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan malaka guvohnomalarining buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalari, shuningdek shtatdagi attestatsiyadan o‘tgan auditorlar mehnat daftarchalarining buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.

  1. Moliyaviy taklif solingan konvert ichida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

a) belgilangan shaklga muvofiq qiymatni asoslash;

b) belgilangan shaklga muvofiq moliyaviy taklif, shu jumladan ustama xarajatlar (agar qo‘llanilsa) va QQS;

  1. Barcha konvertlar bitta tashqi yirik konvertga solinib, yuboruvchining manzilini aniq ko‘rsatgan holda, tamg‘alanishi lozim. Tashqi konvert ustida tanlov nomi qayd etilishi zarur. Yopiq ichki konvertlar ustida «tanlov o‘tkazilmagunga qadar ochilmasin» so‘zlari qayd etilishi lozim.

  2. Tanlov arizasining valyutasi – o‘zbek so‘mi.

  3. Barcha kelib tushgan takliflar tanlov komissiyasining kotibi tomonidan tanlov takliflarini qayd etish jurnalida ro‘yxatga olinadi.

  4. Texnik va moliyaviy takliflar solingan konvertlar tanlov komissiyasi kotibida tanlov komissiyasining majlisi o‘tkazilgunga qadar tamg‘alangan holda saqlanadi. 

Takliflar 2021 yil 21 mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Takliflarni quyidagi manzilga yuborish so‘raladi:

Indeks:150108, Farg‘ona  viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat qo‘chasi,  222-uy,  «Farg‘ona azot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga.

«Farg‘ona azot» aksiyadorlik jamiyati jamiyat kuzatuv kengashi

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech