E’ L O N
“FARGʻONAAZOT” AJning ijroiya organi a’zolari tarkibidagi bo‘sh o‘rin
“Boshqaruv raisining investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari” lavozimiga tanlov o‘tkazish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik Jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-sonli farmoniga hamda “FARGʻONAAZOT” AJning ijroiya organiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha “Tanlov” o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomiga asosan ijro organidagi Boshqaruv raisining investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov 2022 yil 17 iyun kuni o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni xoxlaganlar Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat ko‘chasi 222-uy manziliga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda konvert shaklida 2022 yil 13 iyun kuniga qadar yuborishi lozim:
- ariza (tanlovda ishtrok etish uchun)
- ob’yektivka (4x6 o‘lchamdagi fotosurat bilan)
- tarjimai hol;
- pasport nusxasi;
- oliy o‘quv yurti, kasb-hunar ta’limi, qayta tayyorlash, malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;
- davlat pensiya sug‘urtasi guvohnomasining nusxasi va INN;
- mehnat daftarchasining tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi, harbiy yoki boshqa xizmatni o‘taganligini tasdiqlovchi hujjat;
Eslatma:
Ushbu lavozimiga nomzod kuzatuv kengashi raisi hamda a’zolari tomonidan bir ovoz bilan yig‘ilish qaroriga asosan tayinlanadi.
Lavozimga tayinlangan nomzod “FARGʻONAAZOT” AJning Ijro organi a’zosi hisoblanib, Kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘ladi.
Investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan shaxsga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- “FARGʻONAAZOT” AJning Nizomi, Ijro organi hamda investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga va boshqa ichki qoidalarga asosan faoliyat yuritish.
- oliy iqtisodiy ma’lumotga va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan bog‘liq ish tajribasiga ega bo‘lgan yoki oxirgi besh kalendar yilidan kamida 3 yil davomida mansab lavozimida faoliyat yuritgan hamda, yuqori iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan kamida 2 ta xorijiy tillarni to‘liq o‘rgangan.
- Xodimning ta’lim ma’lumoti mazkur yo‘riqnomada nazarda tutilgan ta’lim talablariga mos kelmasa, ish beruvchi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va xodimning ish staji, shaxsiy va ishchanlik sifatini hisobga olgan holda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi bilan kelishilishi lozim.
- Xodimning ish staji ish tarifida nazarda tutilgan stajga bo‘lgan talablarga mos kelmasa, ish beruvchi "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi bilan kelishgan holda xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
- Investitsiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari yo‘riqnomasi va bilimlarni davriyligini tekshirish, "FARGʻONAAZOT" AJda ishlaydigan hodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi TX-5 nizomiga muvofiq o‘tkaziladi. Hujjat kodi 07.22.05.
Ko‘rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi
Murojaat uchun:
Tel: +99873 242-59-95, +99873 242-64-00
Emal: info@azot.uz
Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat ko‘chasi 222-uy