“FARGʻONAAZOT” AJ AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining yillik
umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
EʼLON
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2022-yil 30-martdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2022-yil
21-aprel kuni soat 17:00 da, Fargʻona shahar, Sanoat koʻchasi, 222-uy manzilda joylashgan “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2022-yil
15-aprel holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2022-yil
21-aprel kuni soat soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@azot.uz, www.azot.uz
Umumiy yigʻilish kun tartibi:
- Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruvining 2021-yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakunlari, biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini tinglash.
- Jamiyat boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining korxonada ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlari natijadorligi yuzasidan 2021-yil yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini tinglash.
- Jamiyat boshqaruvi raisining tijorat va logistika boʻyicha oʻrinbosarining korxonada xaridlar bilan bogʻliq amalga oshirilgan bitimlar yuzasidan 2021-yil yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini tinglash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021-yil faoliyati yakuni boʻyicha hisobotini tinglash.
- Jamiyatning 2021-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlari va jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek, qonun hujjatlarining va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi taftish komissiyasining xulosasini tinglash.
- Jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasini koʻrib chiqish.
- Jamiyatda 2021-yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.
- Jamiyatning yillik hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2021-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibini belgilash.
- Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
- Jamiyatning Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
- Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish.
- Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlarni maʼqullash.
- Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini, Ustavini hamda “Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi, “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida”gi va “Ijroiya organi toʻgʻrisida”gi Nizomlarni tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (maʼlumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.
Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini soʻraymiz.
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi