“FARGʻONAAZOT” AJ AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida
E’LON
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2022-yil 6-dekabrdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022-yil
28-dekabr kuni soat 15:00 da, Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi, 222-uy manzilda joylashgan “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil
6-dekabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2022-yil 28-dekabr kuni soat soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
- Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruvi raisini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (ma’lumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (+99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.
Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi