Ру O`z En

“FARGʻONAAZOT” AJ AKSIYАDORLARI DIQQATIGA!

 

“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

E’LON

 “Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2022-yil 16-noyabrdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022-yil
13-dekabr kuni soat 17:00 da, Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi, 222-uy manzilda joylashgan “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil
16-noyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2022-yil
7-dekabr kuni soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.

 

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2022-yil to‘qqiz oy moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning 2022-yil to‘qqiz oy moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha hisoboti: buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2022-yil to‘qqiz oy yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini belgilash.
  6. Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (ma’lumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (73) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.

Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.

 

“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech