“FARGʻONAAZOT” AJ AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining yillik
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida
XABARNOMA
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2023-yil 25-martdagi 18-son qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2023-yil 17-aprel kuni soat 11:00 da, Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi, 222-uy manzilda joylashgan “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yillik umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2023-yil
11-aprel holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023-yil
17-aprel kuni soat 10:00 da boshlanib, soat 11:00 gacha davom etadi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
- Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruvining 2022-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari, biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.
- Jamiyat boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining korxonada ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlari natijadorligi yuzasidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022-yil faoliyati yakuni bo‘yicha hisobotini tinglash.
- Jamiyatning 2022-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari va jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek, qonun hujjatlarining va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi taftish komissiyasining xulosasini tinglash.
- Jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish.
- Jamiyatda 2022-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
- Jamiyatning yillik hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2022-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini belgilash.
- Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni maʼqullash.
- 12. Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (ma’lumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (+99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.
Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.
“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi