Ру O`z En

«Farg’onaazot» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

 

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Farg‘onaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2021 yil 24 avgustdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil
15 sentyabr kuni soat 17:00 da, Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi 222-uy manzilda joylashgan “Farg‘onaazot” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2021 yil
9 sentyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Jamiyatnig pochta manzili: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaxar, Sanoat ko‘chasi 222-uy.

Jamiyat elektron pochta manzili va veb-sayti: info@azot.uzwww.azot.uz

 

KUN TARTIBI:

  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

  4. Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

  5. Jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin bo‘lgan eʼlon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

  6. Jamiyat Ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.

  7. Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (maʼlumot)lar bilan “Farg‘onaazot” AJning (99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2021 yil
15 sentyabr kuni soat 16:00da boshlanadi.

Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech