Ру O`z En

“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

XABARNOMA

 

“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2021 yil 23 noyabrdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil
15 dekabr kuni soat 17:00 da, Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi, 222-uy manzilda joylashgan “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2021 yil
23 noyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2021 yil
15 dekabr kuni soat soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.

 

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2021 yil to‘qqiz oy moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning 2021 yil to‘qqiz oy moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha hisoboti: buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2021 yil to‘qqiz oy yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini belgilash.
  6. Jamiyatning “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
  7. Jamiyatning “Ijroiya organiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
  8. Jamiyatning “Ijroiya organi mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish hamda boshqaruv va nazorat organlarini rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lash tartibini yangi tahrirda tasdiqlash.

 

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (ma’lumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.

Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.

 

 

 

 

“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech