Ру O`z En

«Farg’onaazot» AJ AKSIYADORLARINING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDAGI EʼLON

HURMATLI AKSIYADORLAR!

       

“Farg‘onaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2021 yil
30 iyun kuni, Farg‘ona  shahar, Sanoat  ko‘chasi, 222 uyda  o‘tkazilishi to‘g‘risida maʼlum qilamiz.

Umumiy yig‘ilish soat 11:00 dan, aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:30 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2021 yil 24 iyun holatiga tuziladi.

  Jamiyatning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@azot.uz, www.azot.uz

 

KUN TARTIBI:

  1. Sanoq komissiyasi yaʼzolari soni va shaxsiy tarkibini hamda ularning vakolat muddatini tasdiqlash.

  2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

  3. Jamiyat ijroiya organining 2020 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari, biznes reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash.

  4. Jamiyat boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining korxonada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi yuzasidan 2020 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.

  5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2020 yil faoliyati yakuni bo‘yicha hisobotini tinglash.

  6. Jamiyatning 2020 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining hulosasini tinglash.

  7. Jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasi tasdiqlash.

  8. Jamiyatning yillik hisobotini tasdiqlash.

  9. Jamiyatning 2020 yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini belgilash.

  10. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.

  11. Jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

  12. Jamiyat boshqaruv raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish.

  13. Jamiyatda 2020 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

  14. O‘tgan yillar mobaynida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan va aksiyadorlar tomonidan talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirishni ko‘rib chiqish.

  15. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni tasdiqlash.

 

ØAksiyadorlar Umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

ØYig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan ushbu eʼlon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar ish kunlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzilga murojaat qilish orqali tanishish mumkin:
Farg‘ona  shahar, Sanoat  ko‘chasi, 222-uy.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech