“Farg‘onaazot” AJ ijroiya organi rahbari (boshqaruvi raisi) lavozimiga TANLOV
“Farg‘onaazot” AJ Kuzatuv kengashi
majlisining 2022-yil 17-noyabrdagi
9-son bayonnomasiga
ilova
“Farg‘onaazot” AJ ijroiya organi rahbari (boshqaruvi raisi) lavozimiga
TANLOV
“Farg‘onaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2022-yil 17-noyabrdagi 9-son bayonnomasiga asosan “Farg‘onaazot” AJ ijroiya organi rahbari (boshqaruvi raisi) lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri Sanoat ko‘chasi,
222-uy.
Lavozim tavsifi:
- jamiyat faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni tashkil etish;
- jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash choralarini ko‘rish;
- jamiyatning shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
- ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda foyda olishni ta’minlash;
- tarif va narx siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini boshqarish;
- biznes-rejaning bajarilishini nazorat qilish, korxonaning kompleks xo‘jalik faoliyatini olib borish;
- xodimlar uchun ijtimoiy kafolatlar va xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya etilishini ta’minlash;
- korxona faoliyatiga oid hujjatlarni yuqori tashkilotlarga taqdim etish uchun o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
- amaldagi qonunchilik, nizom va jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy texnik yoki muhandis-iqtisod ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Sanoat yo‘nalishida 5 yillik va Kimyo sanoati tarmog‘ida yetakchi lavozimida kamida 3 yillik ish staji;
- O‘zbek tilini mukammal bilish;
- Chet tillarini bilishi, rus tili (ingiliz tili bilishi qo‘shimcha rag‘batlantiriladi);
- Mohir tashkilotchi va xushmuomala;
- Xizmat safarlariga borish mavjudligi;
- Kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar olib borish tajribasi;
- Kompyuter dasturlarida (Microsoft Office) mukammal ishlay olishi, shu o‘rinida internet pochta resurslarida.
Tanlov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar:
- ariza (kuzatuv kengashi raisi nomiga);
- anketa (4x6 oʻlchamdagi fotosurat bilan);
- avtobiografiya;
- pasport nusxasi;
- oliy oʻquv yurti diplom nusxasi;
- STIR;
- mehnat daftarchasining tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi.
Ish tartibi shartlari:
Ish kunlari: dushanba-juma soat 8-00dan 17-00 gacha.
- Doimiy ish o‘rni;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiylashtirish;
- Ish haqi: shtat jadvali asosida;
Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2022-yil 2-dekabr kuniga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri Sanoat ko‘chasi, 222-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: reception@azot.uz
Maʼlumot uchun telefonlar: +(99873) 229-66-40, +(99897) 271-43-49.
Ko‘rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi
va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
“Farg‘onaazot” AJ Kuzatuv kengashi