Ру O`z En

Farg‘onaazot” AJning ijro organi a’zolari tarkibidagi bo‘sh o‘rin “Bosh xisobchi” lavozimiga tanlov o‘tkazish bo‘yicha

E ‘ L O N

  

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik Jamiyati va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF4720-sonli farmoniga hamda “Farg‘onaazot”  AJning Ustaviga va “Farg‘onaazot” AJ ijroiya organiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha “Tanlov” o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomiga asosan ijro organidagi bosh xisobchi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov 2022 yil 20 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni xoxlaganlar Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat ko‘chasi 222-uy manziliga quyidagi xujjatlarni ilova qilgan xolda konvert shaklida 2022 yil 19 yanvar kuniga qadar yuborishi lozim:

- ariza (tanlovda ishtrok etish uchun)

- ob’ektivka (4x6 o‘lchamdagi fotosurat bilan)

- tarjimai xol;

- pasport nusxasi;

- oliy o‘quv yurti, kasb -hunar ta’limi, qayta tayyorlash, malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;

- davlat pensiya sug‘urtasi guvohnomasining nusxasi va INN;

- mehnat daftarchasining tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi, harbiy yoki boshqa xizmatni o‘taganligini tasdiqlovchi hujjat;

Eslatma:

Bosh xisobchi lavozimiga nomzod kuzatuv kengashi raisi hamda a’zolari tomonidan bir ovoz bilan yig‘ilish qaroriga asosan tayinlanadi.

Bosh xisobchi lavozimiga tayinlangan nomzod “Farg‘onaazot” AJning Ijro organi a’zosi xisoblanib, Kuzatuv kengashiga xisobdor bo‘ladi.

Bosh xisobchi lavozimiga tayinlangan shaxsga quyidagi talablar qo‘yiladi:

-“Farg‘onaazot”  AJning Nizomi, Ijro organi hamda Bosh xisobchi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga va boshqa ichki qoidalarga asosan faoliyat yuritish.

- oliy iqtisodiy ma’lumotga va buxgalteriya hisobi yoki moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan bog‘liq ish tajribasiga ega bo‘lgan yoki oxirgi besh kalendar yilidan kamida 3 yil davomida auditorlik faoliyati, xamda, yuqori iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan taqdirda esa oxirgi o‘n kalendar yilidan kamida 7 yil ish yuritish.

- Xodimning ta’lim ma’lumoti mazkur yo‘riqnomada nazarda tutilgan ta’lim talablariga mos kelmasa, ish beruvchi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va xodimning ish staji, shaxsiy va ishchanlik sifatini hisobga olgan holda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi bilan kelishilishi lozim.             

- Xodimning ish staji ish tarifida nazarda tutilgan stajga bo‘lgan talablarga mos kelmasa, ish beruvchi "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi bilan kelishgan holda xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

- Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalariga ko‘ra xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini baholaydi.

- Bosh xisobchining yo‘riqnoma va bilimlarni davriyligini tekshirish, "Farg‘onaazot"AJda ishlaydigan hodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi TX-5 nizomiga muvofiq o‘tkaziladi.

- Bosh xisobchi (ish safari, dam olish, kasallik va h.k.) bo‘lmagan paytda uning vazifalari ushbu ish tarifiga muvofiq huquqlarga ega bo‘lgan va javobgar bo‘lgan bosh xisobchi o‘rinbosari (asosiy faoliyat bo‘yicha) tomonidan amalga oshiriladi. Bosh xisobchining vazifalari esa korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan o‘rinbosarlardan biri tomonidan amalga oshiriladi. Bosh xisobchi vazifasini bajaruvchi ham huquqlarga ega va ushbu ish tarifiga muvofiq mas’uldir.

- Bosh xisobchi tayinlash va ozod etishda ishlarni qabul qilish va topshirish buxgalteriya hisobi holatini va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirgandan so‘ng dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

- Bosh xisobchiga pul mablag‘lari va moddiy boyliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar yuklatilishi mumkin emas. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklar va boshqa hujjatlar orqali korxona uchun pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarni olish ta’qiqlanadi.

Ko‘rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar xaqiqiy emas deb xisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi

Murojaat uchun:

         Tel: +998732425995, +998732426400

         Emal: info@azot.uz

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat ko‘chasi 222-uy

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech