Ру O`z En

Korporativ boshqaruv tizimini baholashni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash uchun

E ʼ L O N

“Farg‘onaazot ” aksiyadorlik jamiyati  2020 yil yakuniga ko‘ra, jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholashni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda shtatida quyidagi mutaxassislari bo‘lgan mustaqil baholash tashkiloti ishtirok etishi mumkin:

- korporativ boshqaruv sohasida ishlash tajribasiga ega;

- korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining qimmatli qog‘ozlar bozori uchun mutaxassislar va korporativ boshqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha sertifikati (attestati)ga ega.

“Farg‘onaazot ” aksiyadorlik jamiyatiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etish kerak:

- mustaqil baholash tashkiloti to‘g‘risida qisqacha maʼlumot;

- baholashni amalga oshiradigan asosiy ekspertlarning malakasi to‘g‘risida maʼlumotlari;

- taqdim etiladigan xizmatlarning tartibi, muddatlari va narxi.

Tanlovga hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati mazkur eʼlon nashr etilgan kundan boshlab
7 kun.

Qayd etilgan muddatdan keyin taqdim qilingan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Takliflarni quyidagi manzilga yuborish so‘raladi:

Indeks:150108, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat qo‘chasi, 222-uy.

Kontakt maʼlumotlar:

e-mail:info@azot.uz

Internet-sayt:www.azot.uz

Tel:(73) 242-64-00.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech