Ру O`z En

Korporativ boshqaruv tizimini baholashni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash uchun E’ L O N

“Farg‘onaazot ” aksiyadorlik jamiyati  2022 yilning choraklar yakuniga ko‘ra, jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholashni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash yuzasidan tanlov e’lon qiladi.

Tanlov shartida quyidagi mutaxassislari bo‘lgan mustaqil baholash tashkiloti ishtirok etishi mumkin:

- korporativ boshqaruv sohasida ishlash tajribasiga ega;

- korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining qimmatli qog‘ozlar bozori uchun mutaxassislar va korporativ boshqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha sertifikati (attestati)ga ega.

“Farg‘onaazot ” aksiyadorlik jamiyatiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etish kerak:

- mustaqil baholash tashkiloti to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

- baholashni amalga oshiradigan asosiy ekspertlarning malakasi to‘g‘risida ma’lumotlari;

- taqdim etiladigan xizmatlarning tartibi, muddatlari va narxi.

Tanlovga hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati mazkur e’lon nashr etilgan kundan boshlab 2022 yil 25 yanvar kuniga qadar.
G‘olib tashkilot yoki korxona o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolanishini hamda yil davomida jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini choraklar kesimida baholashni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Hamda ikki tomonlama shartnoma imzolanadi.

Qayd etilgan muddatdan keyin taqdim qilingan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Takliflarni quyidagi manzilga yuborish so‘raladi:

Indeks:150108, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sanoat qo‘chasi, 222 uy.

Kontakt ma’lumotlar:

e-mail:info@azot.uz

Internet-sayt:www.azot.uz

Tel:(73) 242-64-00.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech