Ру O`z En

BIZNING XODIM “ENG NAMUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOT” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBI!

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan 11-noyabr - "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini o‘tkazildi.

   Tanlov so‘rovnoma asosida bo‘lib, uning shartiga ko‘ra ishtirokchilardan o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilot boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot taqdim etilishini talab etdi. So‘rovnoma shaffof va haqqoniy tarzida o‘tkazildi.

  Ushbu tanlovda korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi mutaxassisi Ilhomjon Umarov, markaziy kimyo laboratiriyasi yetakchi muhandisi Zebuniso Hamdamovlar ishtirok etdilar. Zebuniso Hamdamova savolnomada yuqori natijalar bilan faxrli
1-o‘rinni egalladi. Xodimlarimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech