“ENG FAOL YOSH KITOBXON” KO‘RIK TANLOVI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan topshiriq ijrosini amalda bajarish maqsadida, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Eng faol yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda korxonamizda faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
To‘rtta shartdan iborat bo‘lgan ko‘rik-tanlov qiziqarli va murosasiz kechdi, oliy toifali hakamlar xay’ati tomonidan qo‘yilgan ballar hisoblanib unga ko‘ra birinchi o‘rin markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Ravshanoy Ismatillaevaga, ikkinchi o‘rin karbamid ishlab chiqarish sexi laboranti Manzuraxon Pozilovaga va uchinchi o‘rin sog‘lomlashtirish-diagnostika sexi hamshirasi Maxsuna Tojiboevalar egalladilar.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati.