Ру O`z En

“11- NOYABR KASABA UYUSHMALARI KUNI” MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH KECHASI O‘TKAZILDI

Taqdirlash marosimida jamiyat ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovi, stol tennisi musobaqasi g‘oliblariga kasaba uyushmasining qimmatbaho sovrinlari hamda faxriy yorliqlari taqdim etildi.

Shu o‘rinda, bayram munosabati bilan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi chilangar-ta’mirlovchisi Ubaydullo Ahmedovga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan “Ehtirom” nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Aytib o‘tish lozimki, tadbirlar mazkur haftada davom etadi. Ayollar va erkaklar o‘rtasida volleybol hamda “Zakovat kuiz” intellektual o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Korxona rahbariyati hamda matbuot xizmati Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etadi. Ularga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish,himoya qilishdek savobli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech