2021 yil 16-iyun kuni "Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyatida ishchi xodimlarini COVID-19ga qarshi vaksina bilan emlash jarayoni boshladi
Uch kun davomida korxonaning 1000 nafar xodimini emlash rejalashtirilgan. Xitoy-o'zbek vaksinasi “Farg'onaazot” AJga Farg'ona tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Vaksinani korxonaning Davolash-sog'lomlashtirish diagnostika sexining tajribali tibbiyot xodimlari hodimlarni maxsus tekshiruvlardan o'tkazgandan so'ng, emlash jarayonini amalga oshirishmoqda. Emlashdan oldin, xodimning harorati va qon bosimi o'lchanmoqda, xodimning umumiy holati, emlashning to’g’ri kelmasligini ko’rsatuvchi surunkali kasalliklar mavjudligi obdon tekshirilmoqda. DSDSning tibbiyot xodimlari har bir emlangan xodimga dastlabki bir necha kun davomida qanday saqlanishlari, nimalarga rioya qilishi lozimligi to’g’risida ma’lumot berib o’tmoqdalar. Korxona xodimlarini emlash barcha tibbiy va sanitariya talablariga rioya qilingan holda tashkil etilgan, shuningdek, emlash korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga zarar yetkazmaydigan holda tashkil etilgan.
Ushbu emlash jarayoni korxona rahbariyatining tashabbusi va faol ishtiroki tufayli amalga oshirilmoqda.
“Farg'onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.