5️-IYUN – “BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUOSABATI BILAN “TABIATNI ASRASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ” SHIORI OSTIDA KO‘NGILLI XODIMLAR ISHTIROKIDA IXTIYORIY HASHAR TASHKIL ETILDI
Hashar korxonaning MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasining Atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlari tomonidan tashkil etildi. Unda atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan, tabiatni ifloslantirish, unga zarar ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan jamiyat xodimlari, yoshlari ko‘ngilli ishtirok etdilar.
Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesi ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan hasharda xodimlar ko‘chalarga tashlangan barcha chiqindilarni saralagan holda to‘plab, yig‘ishtirib chiqdilar. Bu hashar orqali “Farg‘onaazot” AJ xodimlari o‘zlarining tabiatni saqlash, kelajakka sog‘lom muhit qoldirish bo‘yicha pozitsiyalarini ko‘rsatib o‘tdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati