“SALOMATLIK UCHUN 5 MING QADAM” – SOG‘LOM HAYOT SARI QADAM!
Bugungi kunda jismoniy faollik – salomatlik garovi hisoblanadi. Shu maqsadda, jamiyatimizda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Salomatlik uchun 5 ming qadam” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda turli yoshdagi ishtirokchilar faol qatnashib, sog‘lom turmush sari 5 ming qadam tashladilar.
Shuningdek, sport tadbiri doirasida ishtirokchilar uchun badantarbiya mashqlari ham tashkil etildi. O‘tkazilgan mashqlar ishtirokchilarga serharkat va bahaybat kayfiyat ulashdi.
Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi — xodimlar orasida yurish va badantarbiya mashqlarining ahamiyatini keng targ‘ib qilish, har kuni kamida 5 ming qadam yurishni va muntazam jismoniy mashqlarni kundalik hayot tarziga aylantirishdir.
Bunday tashabbuslar sog‘lom avlodni tarbiyalash, hayot sifati va faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng muhimi, har bir inson uchun eng katta boylik – bu salomatlik ekanini yana bir bor yodga soladi.
«Farg‘onaazot» AJ Matbuot xizmati