8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMIGA BAG'ISHLANGAN «KORXONA AYOLLARI» VIDEOROLIKLAR TANLOVI O'TKAZILDI
Bugun, 5-mart kuni korxonaning faollar zalida “Korxona ayoli” video roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda jamiyatimizning tarkibiy bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 11 nafar iste’dodli ayollar qatnashishdi.
Boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan Nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zlarining ish faoliyatlari va kundalik hayotini yorituvchi, milliy hamda zamonaviylikni mujassam etgan, ayollarni jamiyat va oiladagi o’rni, aktual mavzular to’g’risida videoroliklar tayyorlashlari kerak edi. Taqdim etilgan roliklarni hakamlar hay’ati nizomga muvofiq baholab bordilar.
O’ziga xos tarzda ayollarimizning mehnat va oilaviy hayotini ochib berilgan, ularning kasbiy faoliyatiga va ijodkorligiga alohida e’tibor qaratilgan videoroliklar shaffoflikni ta’minlash maqsadida ishtirokchilar oldida baholandi.
Tanlov natijalari ko‘ra,
1-o‘rin — Aloqa sexi kabelchi- payvandlovchisi Feruza Nomonjonovaga,
2-o‘rin — Xlorat-magniy defolianti sexi apparatchisi Shohsanam Xatamovaga hamda 3-o‘rin — Tashqi suv ta’minoti sexi elektromontyori Madinaxon To‘rayevalarga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, barcha g‘oliblar 7-mart kuni bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturida tantanali taqdirlanadilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati