“9 MAY–XOTIRA VA QADRLASH KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN KORXONADA TADBIR DASTURI TASHKIL ETILDI
Tadbir Vatanimizdagi xozirgi kunda hukum surayotgan tinchlikka o‘z hissasini qo‘shgan mardlik, jasorat timsoli bo‘lgan faxriylarimizni e’zozlash, buyuk ne’matimiz bo‘lmish - tinchligimizni asrash hamda yurtimizni terroristik hujum va g‘oyalarda saqlash mavzularini o‘zida mujassam etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan Farg‘ona viloyati diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Farg‘ona shahar mas’uli Ilxomjon Mirzaaxmedov, Ma’naviyat bo‘yicha targ‘ibot guruhi rahbari Dilorom G‘ofurova va bosh otinoyi Manzuraxon Axmadalievalar ishchi-xodimlarga yurt tinchligi, Islom dini madaniyati va mafkurasi, terrorizm, tinchligimizga rahna solishni niyat qilgan diniy oqimlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Shu o‘rinda, yoshlarimizni turli xil internetdagi noto‘g‘ri, noqonuniy diniy qarashlardan saqlashimiz borasida gapirib o‘tdilar.
Tadbir so‘nggida korxona rahbariyati barchani bayram munosabati bilan qutlab, yurtimiz osoyishtaligi barqaror bo‘lishini tilab qoldi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati