O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI “FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI XODIMLARI TOMONIDAN KATTA BAYRAM QILIB NISHONLANDI
Mamlakatimiz bo‘ylab mustaqilligimiz shukuhi kezib yurgan bir pallada “Farg‘onaazot” AJ o‘zining 500 nafar ishchi-xodimlariga bayram dasturxoni yozdi.
Bayramni korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘zining tabrigi va so‘nggi yillarda mamlakatimizda, korxonamizda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi nutqi bilan ochib berdi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan bayramda viloyatimiz xonandalari, “Qir gullari” raqs ansambli xodimlar xizmatida bo‘ldilar. Shuningdek, 15 nafar jamiyatda uzoq yillarda buyon ishlab, samarali mehnat qilib korxona rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, jamoaga o‘zining halol mehnati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan ishchilari jamiyat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati