ISHLAB CHIQARISH VA TA’LIMNING SAMARALI HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHI
Bugun Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘ktam Salomov boshchiligidagi delegatsiya vakillari korxonamizga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida kelgusidagi manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda Oliy muhandislik maktablarini ochish, dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov, Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘ktam Salomov, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shoxruh Davlyatov, Kimyo-texnologiya fakulteti dekani G‘ulomqodir Mirzaqulov, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani Orifjon Nurmatov, professor-o‘qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar hamda korxonaning bosh mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati