Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA “BIR BO‘LSAK-YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ” SHIORI OSTIDA KONSERT DASTURI O‘TKAZILDI

Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 29-avgust kuni jamiyatning majlislar zalida ishchi-xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan konsert dasturida Vatan tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan kuy-taronalar, raqs va jangovor mashqlar namoyish etildi.

Tadbir Farg‘ona viloyati Sharqiy harbiy okrug orkestri  ijrosidagi Оna diyorimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Bayramni korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘zining bayram nutqi bilan ochib berdi.

  • Mana bugun Respublikamiz Mustaqilligiga 33 yil to‘ldi. Azizlar, shu fursatdan foydalanib 33 yil davomida O‘zbekistonimiz katta katta yutuqlarni qo‘lga kiritganligini aytib o‘tish darkor. Mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida buyuk davlatlar qatoridan joy oldi. Iqtisodimiz sezilarli darajaga oshdi, shuningdek, o‘z dinimiz, tilimiz, erkimizga ega bo‘lib, demokratik davlat asosida ildam qadam tashlay boshladik.

      Ayniqsa, so‘nggi 8 yil mobaynida Davlatimiz rahbarining dono siyosatlari tufayli ulkan muvaffaqiyatlarga ega bo‘ldik. Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda yoshlar, xotin-qizlarni qo‘llab-qo‘vvatlar, ta’lim darajasini oshirish ishlari amalga oshirilib kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonimiz kelajagi yangidan, yanada mustahkam qilib barpo etilmoqda – dedi Dilshod Erkinovich. 

     So‘ng bayramning ijodiy qismi boshlanib ketdi. Korxona faol ishchi-xodimlari ichrosidagi qo‘shiqlar, go‘zal raqslar, orkestri  ijrosidagi kuylar va Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya 1-batalioni xodimlari ishtirokidagi jangovor harakatlar kechani bezadi.

       Jamiyatda mustaqillik bayramini munosib kutib olish maqsadida jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan ish reja tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra jamoat tashkilotlari tomonidan bir qator tadbir va musobaqalar tashkil etilishi belgilab berilgan edi. Tadbir doirasida mazkur tadbirlar g‘olib va sovrindorlari korxona ma’muriyati, Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar.

      Unda “Zakovat” intellektual o‘yini, ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “Shashka-Shaxmat” o‘yinlari va  Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda yoshlar o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” sport musobaqasida  tarmoq korxonalari bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan “Farg‘onaazot” jamoasi futbolchilariga sovg‘a va pul mablag‘lari topshirildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech