Ру O`z En

AVARIYALARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

2022 yil 4 mart kuni avariyalarni bartaraf etish rejasi bo‘yicha XMD sexida: “Xlorat saqlash idishidagi (sig‘imi 60 tn mahsulot bo‘lgan) olovning tarqalishi bilan bog‘liq sodir bo‘lgan yong‘in, jabrlangan ishchilar, tezkor xizmatlarni: qutqaruv otryadi, yong‘in qutqaruv qismi, tibbiy xizmat, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limlarini jalb qilgan holda yong‘in hududini o‘rab olish va odamlarni zararlangan hududdan olib chiqish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti yangi texnikalarni jalb qilgan holda o‘tkazildi, jumladan:

Avariya sodir bo‘lgan joyga yong‘in qutqaruv qismi o‘t-o‘chiruvchilarni zudlik bilan yetkazib beruvchi maxsus o‘t-o‘chirish mashinasi, yong‘inni o‘chirish uchun maxsus qurilma va jihozlar himoya, aloqa va yoritish vositalari; 

Avariya sodir bo‘lgan joyga qutqaruvchilarni zudlik bilan yetkazib beruvchi avariya-qutqaruv transport vositasi, maxsus qurilma va jihozlar himoya, aloqa va yoritish vositalari, qutqaruvchilar uchun himoya vositalari va himoya kiyimlari, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va qo‘mondonlik punktini tashkillash.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni mahalliylashtirishning to‘g‘riligi va oqibatlari bo‘yicha shaxsiy tarkib va ​​favqulodda vaziyatlar xizmatining barcha harakatlari aniq ko‘rsatilib, jabrlanganlarga tibbiyot xodimlari va qutqaruv otryadi a’zolari ishtirokida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mashg‘ulotlardan so‘ng avariyani to‘g‘ri va o‘z vaqtida tarqalishini cheklash va ishchilarni evakuatsiya qilish, ishchilar xavfsizligini ta’minlashning muhim jihatlaridan biri ekani, shu bois, xodimlarni o‘qitish MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi, qutqaruv otryadi, yong‘in qutqaruv qismi, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi va tibbiyot xodimlari tomonidan yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda odamlarni evakuatsiya qilish jarayonini yoritib beruvchi seminar o‘tkazildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech