Ру O`z En

AYOLLAR O‘RTASIDA “STOL-TENNISI” O‘TKAZILDI

“Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlanib jamiyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlar ketma-ketligi davom etmoqda. Bugun, 9-noyabr kuni, korxona xotin-qizlari o‘rtasida “Stol-tennisi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

    Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi, ayniqsa, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashishi, yoshlarni sportga keng jalb qilishda alohida o‘rin egallab keladi. Bo‘lib o‘tgan stol tennisi musobaqasi juda qiziqarli va murosasiz yakunlanib, o‘rinlar quyidagicha belgilandi. Birinchi o‘ringa Nigora Madaliyeva – DSDS sexi hamshirasi, ikkinchi o‘rinda Nozima Abduraxmonova – XMD sexi apparatchisi va uchinchi o‘ringa Zoxira Yo‘ldasheva – Mochevina ishlab chiqarish sexi NO‘A va A chilangari sazovor bo‘ldilar.

   G‘oliblarni taqdirlash “Kasb-mahorati 2023” ko‘rik-tanlovi yakunida jamiyatning majlislar zalida tantanali ravishda amalga oshiriladi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech