BALLI QIZLAR TANLOVI — IQTIDORLAR MAYDONI
“11- oktabr - Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan, korxonaning faollar zalida “Qizlarning sarishtasi – xonodon farishtasi!” shiori ostida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Korxona jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o‘ziga xos iqtidorga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini yaratish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, zamon bilan hamnafas erkin fikrlaydigan, oqila qizlarni tarbiyalashdan iborat edi.
Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlariga muvofiq ishtirokchilar o‘zlarining kasbdagi va oiladagi rolini taqdimot orqali aks ettirish, oilaviy qadriyatlarini namoyish etish, viktorinada huquqiy savodxonlikka oid savollarga javob berish, shuningdek, pazandalik mahoratlarini namoyon etishlari kerak edi.
Bellashuvda korxonaning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 16 nafar ishchi-qizlar ishtirok etdi.
Hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rinni Ichki suv va bug‘ ta’minoti sexi chilangari M. Baxromova;
2-o‘rinni Aloqa sexi kabelchi-payvandlovchisi F. Nomonjonova;
3-o‘rinni Xo‘jalik sexi ko‘kalamzorlashtiruvchi Y. Dadaxo‘jaeva.
Barcha g‘oliblar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati