BAYRAM TADBIRLARI MUNOSIB NISHONLANDI
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Konstitutsiyamizning 29 yilligi hamda 9-dekabr “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 6 dekabr kuni korxonada o‘tkazilgan bayram tadbiri qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiya kunimizni munosib nishonlash, yoshlarni ma’naviy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini o‘z ichiga olgan. Tadbirning birinchi qismi konstitutsiyamiz qabul qilgan kunga bag‘ishlangan bayram dasturi “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida o‘tkazildi. Bayram dasturining “Bizning korxonada korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida bo‘lib o‘tgan qismida korxonamizning komplaens xizmati tomonidan “poraxo‘rlik taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi videorolik tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Komplaens xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov tadbirda korrupsiya, uning oldini olish hamda uning oqibatlari to‘g‘risidagi mavzularni ko‘tardi.
Quvonarlisi, bayram tadbirini o‘tkazishda korxonamiz yoshlari faol ishtirok etdilar. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, bayram tadbiri korxonamiz jamoat tashkilotlari va komplaens xizmati tomonidan tashkillandi.
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati