Ру O`z En

“BIZ GIYOHVANDLIKGA QARSHIMIZ”

Farg‘ona viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Giyohvandlikka qarshi kurashish” bo‘yicha “Dolzarb oylik” doirasida jamiyatimizda ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona boshqaruv raisi Dilshod Mannonov, Viloyat hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar guruhi rahbari Yusufjon Kamolov, bosh mutaxassislar, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, so‘nggi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotganligi, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan xolda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

          Shu bilan birga, tadbir so‘ngida giyohvandlik illatiga qarshi kurash borasida hammamiz mas’ulligimizni  va bunga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

 

                                                                      “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech