Ру O`z En

BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA MUSOBAQALAR HAMDA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

Farg‘onaazot” AJ ga qarashli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida korxona Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati bilan hamkorlikda bolalar uchun “Kamondan o‘q otish”, “Estafeta” sport turlari bo‘yicha musobaqa hamda psixologik treninglar tashkillandi.

    Ushbu musobaqalar bolajonlar uchun juda qiziqarli bo‘lib, unda 80 dan ziyod ishtirokchilar qatnashdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi va sovrindorlar  “Farg‘onaazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

     Shuningdek, oromgohda bolajonlar uchun Farg‘ona davlat universitetidan tashrif buyurga psixologlar tomonidan psixologik treninglar o‘tkazildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ  Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech