DAVLAT RAHBARINI TANLASH O‘Z KELAJAGINI TANLASH DEMAKDIR
Joriy yilda mamlakatimizda katta siyosiy voqea – Prezident saylovi bo‘lib o‘tishi barchaga ma’lum. Prezident saylovi bu katta siyosiy jarayon bo‘lib, unda xar bir fuqaro ongli ravishda, erkin ishtirok etishi lozimdir. Zero, davlat rahbarini tanlash o‘z kelajagini tanlash demakdir. Saylovchilar saylov jarayonida faol ishtirok etishi va ovoz berishi Vatan kelajagini, istiqboldagi rivojlanish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Respublikamizda fuqarolarimizning saylovchi sifatidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
«Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida saylov oldi tayyorgarliklar, saylov o‘tkazilish tartibi hamda saylov kodekslari bilan korxona xodimlarini tanishtirib o‘tish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda korxona boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov yig‘ilish ishtirokchilarini saylov jarayonlari, tartibi, ishtirok etish borasidagi xuquqlari va partiyalar tomonidan Prezidentlikka qo‘yilgan nomzodlar, “Yangi O‘zbekiston – yangi saylov” shiori tub ma’zmun mohiyati va saylov bo‘yicha kiritilgan yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, saylovda faol ishtirok etish xar birimizni fuqarolik xuquqimiz, burchimiz ekanligini, saylovda erkin tanlov qilishni ta’kidlab o‘tdi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar boshqarmasi boshlig‘i Maxmud Qayumov saylov kodeksi bilan korxona ishchi-xodimlarini tanishtirib o‘tdi. Saylov kodeksi prinsiplari, saylov okruglar tizimi, ovoz berish tartibi hamda saylov natijalarini e’lon qilish moddalariga alohida urg‘u berib o‘tdi. Yig‘ilishda ishchi-xodimlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Eslatib o‘tamiz, Respublikamizda kechayotgan saylov jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyatining ijtimoiy tarmoqlarida muntazam ravishda kuzatib borishingiz mumkun.
«Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.