Ру O`z En

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH TO‘G‘RISIDA DAVRA SUHBATI

Bugun “Farg‘onaazot” AJning bosh mutaxassislari, barcha sex va bo‘lim boshliqlari uchun “Davlat tilida ish yuritishga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova  hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

       Davra suhbatida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va uchrab turgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishda uchrayotgan to‘siqlar va muammolar o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish bo‘yicha turli xil fikr va mulohazalar almashildi.

     Ta’kidlash joizki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi
obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz zarur.

 

FargonaazotAJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech