TJABT VA METROLOGIYA BOSHQARMASI TARKIBIDA QO‘RIQLASH-YONG‘INDAN SAQLASH SIGNALIZATSIYA UCHASTKASINING FAOLIYATI
Korxona hududidagi bino va inshootlarning yong‘inga qarshi signalizatsiya Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari va Metrologiya boshqarmasi tarkibida Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning faoliyati jadal ketmoqda.
Bugungi kunda tarkibiy bo‘linmalardan, kelib tushadigan buyurtmalar asosida “Avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi va xabar berish vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda yong‘in o‘chirgichlarni texnik ta’mirlash va qayta zaryadlash, shuningdek, bino va inshootlarni yog‘och-tom konstruksiyalarini yong‘inga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlov berish” xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Qolaversa, uchastkada yong‘inni o‘chirish (suvli, gazli, kukunli va boshqa) qurilmalarni montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, «muhandislik» (elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya) yo‘nalishi bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati