FERMER XO‘JALIKLARI VAKILLARI UCHUN MAXSUS SEMINAR: AGRAR SOHADA SAMARALI HAMKORLIK VA ZAMONAVIY YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI
Jamiyatning Savdo bo‘limi hamda Qishloq xo‘jaligi bilan ishlash bo‘limi hamkorligida fermer xo‘jaliklari vakillari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Mazkur seminar agrar tarmoqda institutsional hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish, mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish hamda yer resurslari samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim platforma sifatida tashkil etildi.
Tadbirda jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Millabayev Umidillo, Namangan viloyati O‘simliklarni himoya qilish boshqarmasi vakili Mahkamov M., Namangan viloyati Fermerlar kengashi bo‘limi vakili Abduqodirov A., Andijon viloyati Fermerlar kengashi bo‘limi yetakchisi Ahmedov B., Farg‘ona viloyati O‘simliklarni himoya qilish va karantin boshqarmasi boshlig‘i Saidov A., shuningdek tuman karantin xodimlari hamda Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan tashrif buyurgan yuzdan ortiq fermer xo‘jaliklari, klaster tizimi rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida korxona mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga mineral o‘g‘itlarning agronomik samaradorligi, oziqa elementlarining balansini saqlash, ekinlarning fiziologik ehtiyojlariga mos ravishda qo‘llash mexanizmlari hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy agrotexnik yondashuvlarning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida korxonaning asosiy sexlariga tashrif buyurdi. Amaliy ekskursiya davomida mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari, texnologik jarayonlar, sifat nazorati mexanizmlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari haqida batafsil tushunchalar taqdim etildi.
Mazkur seminar qishloq xo‘jaligi subyektlari bilan samarali muloqotni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va agrar sektorda barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma bo‘ldi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati