Ру O`z En

DOLZARB MAVZU: AYOLLAR SALOMATLIGINI SAQLASH VA RAK KASALLIGINI OLDINI OLISH

Joriy yilning 23-may kuni korxonaning majlislar zalida tarkibiy bo‘linma xodimalari uchun  “Ayollar salomatligini saqlash va rak kasalligini oldini olish” mavzularida zoom platformasi orqali seminar bo‘lib o‘tdi.

     Seminarga Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi akusher-ginekologi Dilorom Toshpo‘latova taklif etildi. Mazkur seminarda rak kasalligini oldini olish, rivojlanish va davolash etaplari, profilaktika hamda ayollar sog‘lig‘i to‘g‘risida so‘z yuritildi.

     Seminar so‘nggida ayollar bilan suhbatlar qurilib, xodimalarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech