DOLZARB MAVZU: REFERENDUM VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH
Joriy yilning 31-mart kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati obyektlari binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi hamda 28, 29-Yong‘in qutqaruv qisimlarida mamlakatimizda Konstitutsiyaning yangilanishi bo‘yicha 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Referendum bo‘yicha va “Korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi” hamda “Halollik vaksinasi” mavzularida profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi E. Abdullayeva, Matbuot xizmati rahbari M. Tillyaxodjayev, Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘. Jabborov va yetakchi mutaxassisi Sh. Boboyevlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha xodimlarni Referendumda o‘z fuqarolik pozitsiyalarini to‘g‘ri tanlashlari juda muhim ekanligi, Konstitutsiyamizdagi o‘zgartishlar, qo‘shimchalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, Referendum jamiyatimiz demokratik davlat ekanligi ko‘rsatkichi ekanligi va Bosh qomusimizning yangilanayotganligi negizida fuqarolarning manfaati yotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida korrupsiya illatiga qarshi nafrat tuyg‘usini yanada kuchaytirish, unga qarshi ayovsiz kurash olib borish va uning oqibatlari to‘g‘risida G‘. Jabborov va Sh. Boboyevlar misollar bilan tushuntirishlar berib o‘tdilar.
Tadbir so‘nggida xodimlar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati