Ру O`z En

DOLZARB MAVZULAR: HALOLLIK VAKSINASI, ODOB-AXLOQ KODEKSI

Bugun, 31- may kuni jamiyatda “Halollik vaksinasi” va Odob-axloq kodeksiga amal qilishni yanada mustahkamlash borasida Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi, Yuridik bo‘limi va Komplayens xizmati boshliqlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov xodimlarga korrupsiya illati va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi. Shu o‘rinda, xodimlarga o‘zi va hamkasblarni mazkur illatdan saqlash maqsadida, korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lgan hollarda zudlik bilan  komplayens nazorat xizmatiga xabar berishlari zarurligini, xabar bergan xodimning shaxsi anonimligi saqlanishini  ta’kidlab o‘tdi.

     Yuridik bo‘limi boshlig‘i Nasiba Maxkamova korxona xodimlari o‘z huquqlari bilan birgalikda majburiyatlarini ham yoddan chiqarmasliklari joizligini, xizmat yo‘riqnomasiga asosan faoliyat olib borishlari shartligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva bilan birgalikda  jamiyatimizda ishlab chiqilgan Odob-axloq kodeksiga qat’iy amal qilishlarini tayinlab o‘tdilar. 

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech