Ру O`z En

30-IYUL — XALQLAR DO‘STLIGI KUNI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida azaldan turli millat vakillari ahillikda faoliyat yuritib kelishadi. Jamiyatda elatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hukm suradi. Bugun, 30-iyul “Xalqlar do‘stligi kuni”ni korxonada katta bayram qilib nishonlashni asl mohiyati ham ana shu totuvlikdadir.

           Xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar va shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta’minlash, madaniy va ma’naviy xilma-xillikni ko‘rsatib berish hamda xalqlar o‘rtasidagi hurmat, oqibat kuni bayramini korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘zining tabrik so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida barchani bayram bilan tariklar ekan, qaysi millat vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar O‘zbekiston farzandlari ekanligigimizni, ahillik, birdamlikda faoliyat yuritishimiz, yashashimiz lozimligini aytib o‘tdi.  

         Tadbir avvalida har xil millatli xodimlar o‘z tillarida korxona ahliga salomlar yo‘lladilar. Ma’noli she’rlar, quvnoq kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.     

           Shuningdek, tadbirda o‘zbek, qirg‘iz, rus, tojik va hind tillari kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘rib o‘tildi.

 

             “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech