MA’NAVIY YETUKLIK – INSON RUHIYATINI MUSTAHKAMLAYDI
Joriy yilning 28-mart kuni korxonaning Havo ajratish sexida “Ma’naviy yetuklik – inson ruhiyatini mustahkamlaydi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda psixologiya hamda inson ma’naviyati chambarchas bog‘liq ekanligi, ma’naviy yuksak inson albatta psixologik kuchli bo‘lishi to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda xodimlar ishtirokida mavzuga oid treninglar, testlar o‘tkazildi.
Seminar-trening sex ishchilariga birdek manzur bo‘ldi, ular seminar ularda yaxshi taassurot qoldirganligini aytib o‘tdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati