KORXONADA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KENG KO‘LAMLI EKOLOGIK TADBIRLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmasiga asosan korxona va unga tutash hududlarda “Yashil makon” hamda “Yashil belbog‘larni” tashkil etish bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarildi.
Shuningdek, korxonaning 2-sanoat maydonida foydalanilmayotgan bo‘sh yer maydonida jamiyat xodimlaridan tashkil topgan ko‘ngilli hasharchilar guruhi ishtirokida yerga ishlov berish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, yerni yumshatish, toshlarni terib olish, ariqlar ochish va ko‘chat ekish uchun chuqurlar qazish kabi tadbirlar natijasida manzarali, mevali va butasimon daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur ekologik tadbirlar nafaqat zamonaviy ekotizim barpo etishga, balki mehnat faoliyatimiz amalga oshirilayotgan hududlarni obodonlashtirishga xizmat qilmoqda.
Korxonamiz kelgusida ham ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida tizimli ravishda ishlar amalga oshiradi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati