Ру O`z En

EKOLOGIK MUHITINI SAQLASHGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ

Jamiyatning katta majlislar zalida korxona sex, boshqarma va bo‘limlar yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlari ishtirokida chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi, korxonani toza xudud sifatida tozaligiga rioya etish, shuningdek, yoshlarni o‘z faoliyat yuritayotgan joylarida tozalikka rioya etishlari to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda yoshlar masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi Nurmurod Sirojov yoshlarni korxonamiz hududidagi ekologik muhitini saqlashda jonbozlik ko‘rsatishga barchamiz mas’ul ekanligimizni uqtirib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarimiz axloqi, ma’naviyatini mustahkamlashda kitob mutolaasi o‘rni bebaho ekanligini ta’kidladi. 

   Yoshlarni korxonamizda muntazam ravishda o‘tkazib boriladigan “Yosh kitobxon”, “Kitobxon xodim” kabi ko‘rik-tanlovlarda yanada faol ishtirok etishga, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga  ma’naviy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Dilorom Turdieva chorladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech