EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH BORASIDA DINIY-MA’RIFIY TADBIR
Korxonaning majlislar zalida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ishchi-xodimlar o‘rtasida ekstremizm, terrorizmning salbiy oqibatlarini keng tushuntirish, turli tashqi kuchlarning mamlakatimizda hukm surayotgan osoyishtalikni berqarorlashtirishga bo‘lgan urunishlarini oldini olishga qaratilgan diniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Marg‘ilon shahar “Said Jalolxon to‘ra” masjidi imom xatibi Yunusxon Mamarasulov, Farg‘ona viloyati diniy ishlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi Axmadjon Oripovlar taklif etildi. Farg‘ona viloyati diniy ishlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi so‘zlariga ko‘ra so‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirilmoqdaligini ta’kidlab o‘tdi.
Imom Yunusxon Mamarasulov adashgan fuqarolarimizni terrorizmdek jaholat domidan qo‘tqarish, yoshlarimizni dinni niqob qilib olgan bunday insonlar changaliga berib qo‘ymaslik uchun ularni doimiy nazortga olish zarur ekanligini aytib o‘tdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati